#qonunlar_ijrosi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev boshchiligida aholiga tabiiy gaz yetkazib berish tizimi, ushbu yo‘nalishdagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga tabiiy gazdan foydalanish qoidalari, iste’mol intizomi, shartnomaviy munosabatlar va murojaatlarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, har bir murojaatni adolatli va ochiq ko‘rib chiqish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat xizmatlarida halollik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar tomonidan gaz ta’minoti va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha savollar berilib, mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Youtube
E-kengash