#Kengash_va_hokimlik_hamkorligi
Angor tumani hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muqaddas Normurodov xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda zararli illatlarning oldini olish maqsadida “Sharq ayoli ma’rifati” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.
Tadbirda Xalq deputatalari Angor tumani Kengashi deputati Rano Mavlonova ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zarari, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.