Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Fuqoro_murojjati_ijobiy_ yechimi

#Deputat_faoliyati
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Fuqoro_murojjati_ijobiy_ yechimi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati Orzigul Qulliyeva Do‘stlik mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish borasida ish olib bordi.

O‘rganish davomida fuqarolardan birining tomorqa yer maydonini suv bilan ta’minlash bo‘yicha murojaati ko‘rib chiqildi. Deputatning tegishli tashkilotlar bilan olib borgan amaliy ishlari natijasida mazkur murojaat ijobiy hal etilib, tomorqa yeriga suv yetkazib berish masalasi o‘z yechimini topdi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.