Жаңалықлар

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Oʻrmonov o`z hududidagi Chig’anoq MFYda PF-193-son Farmon ijrosini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mahallada biriktirilgan ro‘yxat asosida xonadonma-xonadon xatlov ishlari tashkil etilib, ishsiz va bandligi ta’minlanmagan fuqarolarning muammolari o‘rganilmoqda. Xususan, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Xonadonma-xonadon o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1