Жаңалықлар

#24_ta_muhim_masala

#24_ta_muhim_masala
Xalq depuatatlari tuman Kengashi deputati Mirzabekov Bekzod Saidaxmatovich tomonidan 24 ta tavsiya asosida Sangzor mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, berilgan tavsiyalar ijrosi, mas’ullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar va ularning samaradorligi tahlil qilindi.
Asosiy maqsad — mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratishdan iborat.
Tinch va xavfsiz mahalla — barchamizning umumiy maqsadimiz!