Жаңалықлар

MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati R. Sherjanov tomonidan Yangibozor tumanidagi Yangi yop mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.

 O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnat bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlari va erishilgan natijalarga e’tibor qaratildi.

 Mazkur o‘rganishdan maqsad — mahallada aholi bandligini oshirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini baholashdan iborat. 

Slide 1 of 2