Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

FUQARO MUROJAATI E’TIBORSIZ QOLDIRILMADI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Kenjayev tomonidan Shodlik mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati tinglandi.

Murojaat davomida fuqaro o‘zining uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qildi. Deputat tomonidan fuqaroning murojaati batafsil tinglanib, mavjud holat va oilaning ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida uy-joyni ta’mirlashga ko‘maklashish imkoniyatlari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish hamda masalani belgilangan tartibda hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

Fuqaroning murojaati yuzasidan mas’ullar bilan tegishli ishlarni tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2