Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

ANDIJON MAHALLASIDA AHOLI UCHUN QULAYLIK YARATILMOQDA

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev tashabbusi bilan Andijon mahallasidagi Anorli va Chorbog‘ ko‘chalarini o‘zaro bog‘lovchi yo‘lni tashkil etish maqsadida oqar suv o‘tuvchi ariq ustiga quvur o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar natijasida mahallada yo‘l harakati uchun qulaylik yaratilishi, xususan, 3-sonli DMTT hamda 12- va 7-sonli umumta’lim maktablariga qatnovchi o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning harakatlanishi yanada yengillashishi kutilmoqda.

Ushbu tashabbus mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bolalarning ta’lim muassasalariga xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 3