“Azamat” mahallasidagi 35-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
“Azamat” mahallasi hududida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab binosining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, elektr ta’minoti hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda maktabning kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.