Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish va muhokama etish maqsadida tegishli doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglandi. Shuningdek, masalalarning mazmun-mohiyati, ularning ijrosi bilan bog‘liq jihatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Jumladan, yig‘ilishda tuman moliya-iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Q.Turdiyevning hisoboti tinglanib, hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari ishlab chiqildi hamda ularni Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun kiritish tavsiya etildi.

Yig‘ilishda belgilangan masalalarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, ularning ijrosini ta’minlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10