Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Qambar Shojanov tomonidan Xiva tumanidagi “Sherobod” va “Shixbog‘i” mahallalarida sug‘orish suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

 O‘rganish davomida mazkur mahallalarda sug‘orish suvi yetkazib berishdagi uzilishlar, ayrim ekin maydonlarining suvsiz qolishi, suv taqsimotidagi muammolar hamda sug‘orish infratuzilmasining holati bilan bog‘liq masalalar aniqlangan.

 Deputatlik so‘rovida sug‘orish kanallarini tozalash, suv taqsimotini tartibga solish, suv yetkazib berish imkoniyatlarini yaxshilash, mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

 Shuningdek, mas’ul tashkilotlardan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, zarur mablag‘larni belgilash va amalga oshiriladigan ishlar ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgan. 

Slide 1 of 2