Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kengash_faoliyati

#ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudirii_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

🏆🥇 BANDIXONDA YOSHLAR SPORTI VA INFRATUZILMASI DEPUTATLAR NAZORATIDA: 1-SONLI SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI!

🫥Bandixon tumanida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport inshootlarining moddiy-texnik holatini yaxshilash hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🫥Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati B.Yo‘ldoshev tumandagi 1-sonli sport maktabida bo‘lib, o‘rganish o‘tkazdilar.

🫥Tashrif davomida sport zallarining texnik sozligi, sport jihozlari va anjomlarining yetarliligi, to‘garaklarga jalb etilgan o‘quvchi-yoshlarning qamrovi hamda voleybol, boks kabi sport turlari bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayoni ko‘rib chiqildi. Murabbiylar va yosh sportchilar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning ehtiyojlari tinglandi.

🫥O‘rganish natijasida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish ko‘lamini oshirish hamda sport inshootlaridan samarali foydalanish yuzasidan muassasa rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1