Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Chorvachilikni rivojlantirish — yangi imkoniyatlar manbai

O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Sharopov Shohimardonning xonadonida chorvachilik yo‘nalishida olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadon sohibi chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, hozirgi kunda 50 bosh chorva molini parvarish qilmoqda. Yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlari, jumladan, go‘sht mahsulotlari aholi ehtiyojini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilmoqda.

Bunday xonadon xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va mahallada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

O‘rganish davomida chorvachilik yo‘nalishidagi faoliyatni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1