Qonun ijrosi oʻrganildi
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Matyoqubova hamda tuman Kengashi deputati U.Allaberganov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi OʻRQ-521-sonli "Urugʻchilik toʻgʻrisida"gi Qonuni ijrosining joylardagi holati oʻrganildi.
Xalq vakillari va masʼul xodim tuman huduidagi qator fermer xoʻjaliklarida boʻlib, qishloq xoʻjaligida urugʻchilikni rivojlantirish, sifatli va navlarga mos urugʻlik materiallarini tayyorlash hamda qonun talablarining amalda bajarilishini yaqindan koʻzdan kechirdilar.
Oʻrganish jarayonida fermer xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash va saqlash ishlari belgilangan talablarga muvofiqligi tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.