Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat va saylovchilar uchrashuvi

Deputat va saylovchilar uchrashuvi
Fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Almanovning saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar. Kelib tushgan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar muhokama qilindi.
 Shuningdek, hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish,fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Bunday ochiq muloqotlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq bilan muloqot — samarali hamkorlik asosi!

Slide 1 of 2