Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonkulov tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatida yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish, uning faoliyatini tiklash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Achchiqko‘l mahallasi, Achchiqko‘l ko‘chasi 18b-uy manzilida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan tadbirkor M.Xazratqulov deputatga murojaat qilib, mazkur manzilda joylashgan ichimlik suvini qadoqlash korxonasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani sababli ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolganini ma’lum qilgan.

Ushbu holat tadbirkorlik subyektiga moddiy zarar yetkazayotgani hamda korxona faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘layotgani bois, masalaga amaliy yechim topish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari M.Mirmaqsudovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida tadbirkor M.Xazratqulovning ichimlik suvini qadoqlash faoliyatini qayta tiklash, elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda korxonani elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatish, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida yozma ravishda asoslantirilgan axborot taqdim etish talab qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2