Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_o'rganish
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🏫 Maktab hayoti: ta’lim, tartib va yoshlar masalasi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov “Mehnatobod” mahallasidagi 19-son umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🌿 Tashrif davomida maktab hududining obodonligi, tozaligi va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

📚 Ta’lim sifati va o‘quvchilar davomatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi hamda yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🔹 Maktabdagi mavjud sharoitlar, aniqlangan masalalar va ularni yanada yaxshilash imkoniyatlari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🎓 Sifatli ta’lim — kelajak uchun mustahkam poydevor.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4