Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz beshinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhlari

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttiz beshinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda:

✍️ "Yoshlar ishlari agentligi Uchtepa tumani bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yillik davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida" Yoshlar ishlari agentligi Uchtepa tumani bo‘limi boshlig'i S.Raxmatullayevning hisoboti eshitilib, muhokama qilindi hamda atroflicha ko‘rib chiqildi.

   💬 Doimiy komissiya raisi Saodat Dusmuxamedova hamda doimiy komissiya a’zolari — I.Abdullayev hamda Z.Xaydarovalar hisobotni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar berdilar. Savol-javoblar jarayonida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov va U.Abilovlar ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

✅ Mazkur masala tumanda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tizimli ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4