Xususan, mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida “Artel” zavodiga ishga joylashtirish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarning mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirilishi ta’minlanmoqda.
Ushbu sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — har bir ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash, aholining daromadlarini oshirish va mahallada doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirishdan iborat.
Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning mehnat qilish va munosib daromad topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.