Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi A.Soyibnazarov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi A.Soyibnazarov ishtirokida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

🇺🇿 Fargʻona shahar Kengashi raisi A.Soyibnazarov tomonidan 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-35-V-sonli qarori asosida mahalla yettiligi rahbarlari tomonidan muammolarni hal etish va mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilab berilgan 24 ta tavsiyalar ijrosidan kelib chiqqan holda shahardagi "Shakarqishloq" MFYda aholi muammolarini o‘rganish tadbirini o‘tkazdi.

➡️ O‘rganish jarayonida "Shakarqishloq" MFY hududida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati yaqindan ko'zdan kechirildi. Xususan, mahalladagi mavjud imkoniyatlar va ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

⌛ Jarayon davomida mahalladagi oilalarning turmush tarzi, ularning bandligini ta'minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kasb-hunarga o‘qitish borasidagi ishlar holatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

✅ Uchrashuv yakunida bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "
"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"

✅ Telegram |✅ Facebook | 📱 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 2