Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
TA’LIM MUASSASASIDA RAQAMLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun #24_ta_tavsiyaviy_savol

TA’LIM MUASSASASIDA RAQAMLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

📂 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi asosida hududlarda olib borayotgan o‘rganishlari doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "18-Bog‘iston" saylov okrugi deputati Anvar Usmanov tomonidan hududdagi 228-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish o‘tkazildi.

🧠 O‘rganish davomida maktabda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.

🕯 Shuningdek, ta’lim muassasasi hududida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, mavjud sport inshootlarining holati ham o‘rganildi. Sport inshootlaridan samarali foydalanish, ularning holatini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🗂 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni talablari ijrosi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4