Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabi binosi holati o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish ishlari va jinoyatchilikni oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining sport anjomlari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #5_band #162_qonun #mudir_ish_rejasi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayxun” mahallasida mahalla boshqaruvi faoliyati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Jayxun” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tashrif davomida mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholining muammolarini aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan vazifalarning “Jayxun” mahallasidagi ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi. Xususan:

- Mahalla raisining hududda boshqaruv va muvofiqlashtirish borasidagi faoliyati;
- ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolar va oilalar bilan olib borilayotgan ishlar;
- aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish;
- fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda muammolarni joyida hal etish;
- mahalladagi ijtimoiy muhitni yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlash holatiga e'tibor qaratildi.

Farmon talablaridan kelib chiqib mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla raisi va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorligi, aholining muammolarini “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikda aniqlash va tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish amaliyoti yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar deputatlar tomonidan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tahlil qilinib, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda fuqarolar bilan ochiq va manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahallalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni amaliy jihatdan kuchaytirishdan iborat.