Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DASTURNING BAJARILISHI O‘RGANILDI

48-SON MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati G. Ro‘zmetova Honobod mahallasida joylashgan 48-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, mazkur ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish ishlarining Qo‘shko‘pir tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilishi holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida maktab binosida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, issiqlik tizimi yangilangani, barcha sinfxonalardagi eshiklar zamonaviy yangi eshiklarga almashtirilgani aniqlandi.
Shuningdek, maktab binosining fasad qismi va tashqi devorlari ta’mirlanib, ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati yaxshilangan. Maktab hududiga 115 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan.
Mazkur rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari doirasida jami qariyb 10 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.
Deputatlik nazorati davomida amalga oshirilgan ishlarning sifati, ta’lim muassasasining zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangani hamda belgilangan vazifalarning ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1