“Yangi makon”ning chekka hududlarida yo‘llar yaxshilanmoqda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
📍 Navbatdagi manzilda mahallaning chekka hududlaridagi ichki yo‘llarning holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘llarda yog‘ingarchilik paytida aholi va avtotransport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bo‘yicha fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan edi.
🔹 Ayni paytda ushbu yo‘llarga qum-shag‘al qoplamasi (ЩПС) yotqizish ishlari olib borilmoqda.
📌 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning borishi va yo‘l holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bilan tanishildi.
Fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalaning amaliy yechim topayotgani — deputatlik nazoratining muhim natijalaridan biridir.