Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

📌 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat hamda “Mahalla yettiligi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik holatini o‘rganish yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganishning maqsad va vazifalari

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashdan iborat.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy holati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🏛 O‘rganish tadbirida ishtirok etganlar

O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

🔍 O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning murojaatlari bilan ishlash hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik qilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

🤝 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4