Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

✅ 22-Chilonzor saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat S. Salomov o‘z saylov okrugidagi 45-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

✅ O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, binolarning mavsumga tayyorgarligi, o‘quv xonalarining holati hamda ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va mavsumni barqaror o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4