Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik_nazorat #Haftalik_ish_reja_ijrosi

📌 Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugi hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida “Zardaqul” mahallasida joylashgan 54-sonli oilaviy poliklinikaning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, binoning isitish tizimi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

👥 Mazkur deputatlik nazorati tadbirida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

📋 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini to‘liq ta’minlash hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

🤝 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ijtimoiy soha obyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash va aholi uchun munosib sharoit yaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5