Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

179-SONLI MAKTABDA ZAMONAVIY STADION QURISH BO‘YICHA TASHABBUS

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi III-24-79-14-204-K/26-sonli qarori — Chilonzor tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror asosida Bog‘zor MFY hududidagi 179-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashabbus muhokama qilinmoqda.

Mazkur loyiha doirasida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlarining sport bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy 40×60 metr o‘lchamdagi stadion qurish taklif etilmoqda.

🏗 Loyiha doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

🔹 Stadion atrofini 1 metr balandlikdagi beton to‘siq bilan o‘rash;

🔹 Gazon qismini 5 santimetr qalinlikdagi sifatli gazon bilan qoplash;

🔹 Zamonaviy tungi yoritgichlarni o‘rnatish;

🔹 Stadion ustki qismini qattiq qoplama (profnastil) bilan yopish;

🔹 Qish mavsumida o‘quvchilar foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

🔹 Maktabning kirish eshigidan maktab oldi ayvonigacha bo‘lgan hududlarga burchatka terish.

💰 Loyiha uchun ko‘rsatilgan mablag‘: 1 648 000,0

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan, yechimi mablag‘ bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarning 4-bosqichi — “ovoz berish” jarayoni yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar ro‘yxati hamda unda shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, agar tadbir bevosita tovar va moddiy qiymatliklarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, xarid qilinadigan tovarlar reestri buyurtmachi tashkilot hamda loyiha qoldirgan tashabbuskor bilan kelishilgan holda shakllantirilishi inobatga olinib tasdiqlanishi belgilangan.

📌 Mazkur loyiha maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.