Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi

🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Xo‘jaxayron” mahallasida investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida investitsiya loyihasiga kiritilgan ariqni betonlashtirish ishlarining borishi, qurilish-montaj jarayonlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilgani hamda ishlarning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Mazkur ishlar mahallada irrigatsiya tarmoqlarini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish va mavjud ariqlarning texnik holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
♻️Mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda, sifat talablariga rioya qilgan holda yakunlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
👉Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3