Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova tashabbusi bilan saylov okrugida Ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarning voyaga yetmagan farzandlarini bepul to‘garaklarga jalb etish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
➡️Seminarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda qo‘shimcha ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
➡️Tadbir davomida bolalarni sport, san’at, musiqa, xorijiy tillar, IT va boshqa yo‘nalishlardagi bepul to‘garaklarga keng jalb etish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borish va bolalarning qiziqishidan kelib chiqib to‘garaklarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
➡️Seminarda har bir bolaning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularning ta’lim va rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
👉Mazkur tashabbus doirasidagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, bolalarni foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 4