Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🛝 7-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA BOLALAR O‘YINGOHI TASHKIL ETISH MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan Qatortol mahallasida joylashgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasa hududida bolalarning ochiq havoda harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun bolalar o‘yingohi mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan 2026-yil 23-sentabr kuni Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.K. Xamrayevga 81-ds-413-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:

🔹 Bolalar o‘yingohini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish;

🔹 Mavjud bo‘sh hududdan samarali foydalanish;

🔹 Xavfsizlik talablariga javob beradigan o‘yin jihozlarini o‘rnatish;

🔹 O‘yingohni qurish va jihozlash uchun moliyalashtirish manbalarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

Saidov Ulug‘bek Aripovich bolalarning jismoniy rivojlanishi, harakat faolligi va xavfsiz muhitini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.