Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #5_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdurahmon Jomiy” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi


Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy hodim faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining mahalla darajasidagi ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Nazorat-tahlil davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda “Abdurahmon Jomiy” mahallasida 115 ta oila reyestrda mavjud bo‘lib, shundan 6 tasi kambag‘allik chegarasida hamda 55 tasi kambag‘al oilalarni tashkil etadi. Shuningdek, 54 ta davlat ta’minotidagi oila mavjud. Mazkur oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, muammolarini bosqichma-bosqich hal etish va zarur ko‘mak bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy xodim tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, oilalarning ehtiyojlari o‘rganilib, ularga tegishli ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda aholining ijtimoiy himoyaga oid huquq va manfaatlarini ta’minlash holati tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan individual va manzilli ishlashni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.