Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva tomonidan o‘zi saylangan Orol MFY mahalla yettiligi faoliyati Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligining hududdagi aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni xonadonbay o‘rganish orqali hal etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada yagona ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, ishsiz fuqarolar, yordamga ehtiyoji bo‘lgan xonadonlar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq va manzilli ishlash, mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularning yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3