Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A. Xazratqulov va S. Ishimovalar Lalmikor mahallasi hududida bo‘lib, qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida ko‘p qavatli uy-joylarni barpo etish jarayoni, qurilish ishlarining borishi hamda belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotganligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, uy-joylarning sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi, hududda zarur infratuzilmani yaratish hamda kelgusida aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida mas’ullar bilan mavjud masalalar muhokama qilinib, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.