Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
SESSIYADA DEPUTATLAR TOMONIDAN SAVOLLAR BILDIRILDI

Muhokama davomida:

🔹 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati Abramova Go‘zal Jumanazarovna tomonidan aniqlangan qonunbuzilishlarning takrorlanishiga sabab bo‘layotgan tizimli omillar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan aniq choralar yuzasidan savol berildi.

🔹 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati Ro‘ziyeva Mahbuba To‘g‘aymurodovna tomonidan fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan sudlarga kiritilgan da’volarning asosiy yo‘nalishlari hamda bunday huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar haqida savol yo‘llandi.

🔹 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati Berdiyev Toji Irgashovich tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatlari, FHDYo, notariat va boshqa huquqiy xizmatlar yuzasidan bildirilayotgan murojaat va e’tirozlarni monitoring qilish hamda ular asosida xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savol berildi.

Bildirilgan savollarga Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i G‘. Tilovqobilov tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2