Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Qurilish loyihasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Qurilish loyihasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov Angor tumanining Navro‘z mahallasida amalga oshirilayotgan 24/7 «Sohil sity» loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi.

Tuman hokimi Qosim Mardonov hamrohligida loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosi, hududni obodonlashtirish hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, viloyat hokimligi Ijro apparati rahbari M.Yuldoshev, tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida jami 13 ta yer maydoni lotlarga bo‘linib, «E-auksion» elektron auksion tizimiga kiritilgan va savdoga chiqarilgan. Mazkur yer maydonlari bo‘yicha master reja ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, hududda jami 12 ta 7 qavatli zamonaviy bino barpo etish rejalashtirilgan. Binolarning birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, 2–7-qavatlarida esa zamonaviy turar joylar joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish yakunida loyihani belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, hududni obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini barpo etish hamda qurilish ishlarini tasdiqlangan master reja asosida tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1