35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
16-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosi va o‘quv xonalarining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimi va qozonxonaning holati, o‘quvchilar uchun issiq va qulay sharoit yaratish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, isitish tizimining texnik sozligi, qozonxonaning mavsum davomida barqaror ishlashi, zarur yoqilg‘i — ko‘mir bilan ta’minlanganlik holati va mavjud zaxiralar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, maktab hududining obodonlashtirilishi, ichki yo‘laklar va xavfsizlik holati ham ko‘rib chiqilib, kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida qozonxona va isitish tizimini mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2