35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova , Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan tuman hokimligida tashkil etilgan Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholining daromadlarini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning ijrosi tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va hududda bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli va manzilli tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.