🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, 2-Boyrachi saylov okrugi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Bog‘bon MFY raisi bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib, mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganmoqda.
🔎 O‘rganish davomida:
🛣 ichki yo‘llarga tosh yotqizish;
⚡️ eskirgan elektr sim va yog‘och ustunlarni yangisiga almashtirish;
💡 ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
🏘 aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash kabi masalalar aniqlandi.
📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘rilmoqda.