35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Po‘loti mahallasidagi ichki yo‘llar holati – deputat e’tiborida

Po‘loti mahallasidagi ichki yo‘llar holati – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Po‘loti mahallasi Oromgoh qishlog‘idagi ichki yo‘llarning shag‘allashtirish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida hududdagi ichki yo‘llarning bugungi holati, shag‘allashtirish ishlari qay darajada amalga oshirilgani hamda aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔹O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2026 yildagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1162-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash masadga muvofiqligi bildirildi.
🔹Shuningdek, yo‘llarni obodonlashtirish va shag‘allashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.
🔹Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4