35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan shahar ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, robototexnika xonasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning robototexnika yo‘nalishida yaratgan turli texnik ishlanmalari va ixtirolari bilan yaqindan tanishildi. Yoshlarning izlanishi, ijodkorligi va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi yuqori baholandi.

Shuningdek, o‘quvchilarning innovatsion loyihalarini yanada rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlar ko‘lamini kengaytirish hamda yangi texnik qurilmalar va zarur jihozlar bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ayrim zarur texnik vositalarni xarid qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab etilishi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3