35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Deputat_mahallada

♻️Tuman Kengashi deputati A. Saydaxmedov “Istiqlol” mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi borasida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

♻️O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda mavjud muammolarini hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

♻️Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan oilalarning holati o‘rganilib, ularga nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash jarayonlarining shaffofligi hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

♻️Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida tegishli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 4