Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U. Xolmatov tomonidan Ixtisoslashtirilgan maktab oshxonasi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida oshxonada o‘quvchilarga ovqatlanish uchun yaratilgan sharoitlar, taomlarning sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida oshxonada ovqatlanish uchun mo‘ljallangan stol va stullarning ayrimlari eskirganligi muammo sifatida qayd etildi. Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.