35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

JAG‘ALBOYLI MAHALLASIDA KO‘CHALAR ASFALTLANADI

 JAG‘ALBOYLI MAHALLASIDA KO‘CHALAR ASFALTLANADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mablag‘ ajratildi.
📍 Jag‘alboyli MFY hududidagi Islohot, Me’mor, Bolajon va boshqa ko‘chalarga asfalt qoplamasi yotqiziladi.
🔹 Ajratilgan mablag‘: 1 mlrd 646 mln 910 ming so‘m
🔹 Moliyalashtirish manbasi: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
🔹 Buyurtmachi: Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi DM
🔹 Asos: loyiha-smeta hujjatlari
🔹 Amalga oshirish: tender asosida
Mazkur loyiha mahalla aholisi uchun ravon, qulay va xavfsiz yo‘llarni yaratish, ichki ko‘chalarning infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Fuqarolar tashabbusi — obod mahalla va farovon hayot sari amaliy qadam!