35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kotib

Ozon qatlamini ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ammo u bizni Quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi tabiatning muhim qalqoni hisoblanadi.

Shu bois 16-sentabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni munosabati bilan 256-maktabda o‘quvchi-yoshlar bilan mazmunli ekologik uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tuman partiya tashkiloti raisi Aziz Sattorov va Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Irina Matkarimova yoshlar bilan suhbatlashib, ozon qatlamini asrashning ahamiyati haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, deputat I.Matkarimova ta’lim tashkilotiga “Open budjet” loyihasi bo‘yicha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda tashkilotda olib borilayotgan ishlarni o‘rganib chiqdi.

Slide 1 of 3