35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Maktablarda kuzgi va qishki mavsumga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

🏫 Maktablarda qishki va kuzgi mavsumga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nukus tumani Kengashi hamda Xalq deputatlari Nukus tumani Kengashi deputati, 20-Abadan saylov okrugidan saylangan Qurbanbayev Rawaj Yeshanovich ishtirokida Nukus tumani Baqanshaqli MFY hududida joylashgan 2-, 13- va 14-sonli umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasalarining kuzgi va qishki mavsumga tayyorgarligi, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yashil hududlarni kengaytirish hamda mavjud daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktablar hududining sanitariya-obodonlashtirish holati, ichki hududlarni tartibga keltirish va mavsumiy tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7