35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev tomonidan Chamanzor MFY, Chorvodor ko‘chasida ichimlik suvining isrof bo‘layotgani bilan bog‘liq holat o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar sabab suvning behuda oqib ketishi va isrof bo‘lishi holatlari mavjudligi aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish, suv tarmog‘ini o‘rganish hamda aniqlangan nosozliklarni ta’mirlash yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida ichimlik suvining isrof bo‘lishiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf etish va aholi uchun qulay sharoit yaratish choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 1