35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

URUG‘CHILIK SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA

URUG‘CHILIK SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
📌 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori talablari asosida tashkil etilmoqda.
🔎 Mazkur hujjat talablarining tumandagi ijrosi holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish maqsadida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga rasmiy xat yuborilib, ma’lumotlar so‘raldi.
📊 Olingan ma’lumotlar asosida urug‘lik yetishtirish, urug‘lik maydonlarini belgilash, navdorlik va sifat ko‘rsatkichlari, aprobatsiya jarayonlari hamda belgilangan talablarning amaldagi ijrosi o‘rganiladi.