35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

URUG‘CHILIK SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI

URUG‘CHILIK SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari boʻyicha doimiy
komissiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
📌 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori talablari asosida tashkil etilib, tumandagi urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklar va mas’ul tashkilotlar faoliyatiga e’tibor qaratilmoqda.
📋 Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar va mutaxassislarga aniq savollar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
🎯 Mazkur deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — tumanda sifatli va navdor urug‘lik yetishtirishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirish hamda amaldagi talablarning to‘liq ijrosini ta’minlashdan iborat.