35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

✅ Deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topdi!

2026-yil 9-sentabr
№ 01-01/03-476
Xalq deputatlari Shovot tumani kengashi deputati
E. Dushamovga
Shovot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Sizning, 2026-yil 05-sentabrdagi 137-ds-448-26-sonli
«Mevazor» mahallasida joylashgan 42-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini 2 (ikki) dona elektron doska bilan ta’minlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida»
yozgan deputat so‘rovingizga asosan shuni yozib ma’lum qiladiki:
✅ Shovot tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 2026-yilgi 4-guruh xarajatlari uchun tuzilgan xarajatlar smetalari bo‘yicha byudjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida
42-son DMTTga ushbu maqsadlar uchun mablag‘ rejalashtirilgan.
Shovot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i:
K. Babajanov
🎉 Xulosa: Deputat so‘rovi ijobiy qabul qilindi. 2 dona elektron doska uchun mablag‘ 2026-yil byudjetida rejalashtirilgan.